Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Prezidentdan afv so‘radi

Olam

image

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari, davlatga xiyonat va hokimiyatni egallab olishga urinishda ayblangan Karim Masimov afv etish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayanib, "Informburo.kz" xabar berdi. 

Hozir Karim Masimov Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi qarori asosida Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Ostonadagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

“Haqiqatan ham, 2024 yil mart oyida u ushbu muassasadan Qozog‘iston Respublikasi Prezidentiga afv etish to‘g‘risida iltimosnoma yuborgan”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, Masimovga nisbatan Jinoyat kodeksining 218-modda 3-qismi 3-bandi (“Jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘larini va boshqa mol-mulkni legallashtirish va 366-modda 4-qismi (“katta miqdorda pora olish”) bo‘yicha tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Karim Masimov 2022 yil yanvar voqealari vaqtida hibsga olingan edi. Unga nisbatan ochilgan jinoiy ish “o‘ta maxfiy” toifasiga kirdi. 2023 yil aprel oyi oxirida Ostona sudi Karim Masimovni davlatga xiyonat, hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinish, hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda ayblab, 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Masimov hukmni rad etishga urindi, biroq apellyatsiya sudi hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Karim Masimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing