Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
27 aprel 2020 16158 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.
Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, podpolkovnik Qudratjon G‘ayratjonovich O‘rinboyev Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Ma’lumot uchun, Qudratjon O‘rinboyev bundan avval Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi rahbari, Quvasoy shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, Farg‘ona tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Avvalroq, Milliy gvardiya qo‘mondoniga uchta yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr