Milliy gvardiyaga tergov o‘tkazish huquqi beriladi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisi bo‘lib o‘tyapti. Senatorlar majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoiy-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.

Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tergov va tergovga qadar surishtiruvlarni o‘tkazish vakolatini berish ko‘zda tutilgan. Qonun bilan Milliy gvardiya tergov o‘tkazish huquqiga ega bekinchi tashkilot bo‘ladi.

Muhokamalardan so‘ng Senat raisi Tanzila Norboyeva qonun loyihasini ovozga qo‘yildi. Majlisda ishtirok etayotgan 83 nafar senatorning 78 nafari qonuni qo‘llab-quvvatladi. 1 nafar senator betaraf qoldi, 4 nafari ovoz bermaslikni ma’qul ko‘rdi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya Senat yalpi majlis

Baholaganlar

185

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing