Milliy chempionatda FIFAning yangi qoidalari tatbiq etiladi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Professional futbol ligasi bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan musobaqalarda jonli devor, golni nishonlash, to‘pni o‘yinga kiritish, qo‘l bilan o‘ynash, o‘yinchi almashtirish, penalti, bahsli to‘p, murabbiyga kartochka ko‘rsatish kabi holatlari bo‘yicha qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlarga joriy mavsumning ikkinchi davrasidan e’tiboran amal qilish boshlanadi. Bu haqda O‘FA yozmoqda. 

Xalqaro Futbol Assotsiatsiyalari Kengashi IFAB mart oyidagi yig‘ilishida joriy yilning 1 iyunidan boshlab futbol qoidalariga bir qator o‘zgartirishlar kiritilishini ma’lum qilgan edi.

Ushbu qoidalar futbolning jonli devor, golni nishonlash, to‘pni o‘yinga kiritish, qo‘l bilan o‘ynash, o‘yinchi almashtirish, penalti, bahsli to‘p, murabbiyga kartochka ko‘rsatish kabi holatlari bo‘yicha qabul kilingan.

Qoidalarga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha dastlab milliy chempionatimiz va kubok bahslarida ishlaydigan hakam hamda nazoratchilar uchun seminar tashkil etilgan. Shuningdek, ichki chempionatda ishtirok etayotgan klublar, futbolchi va murabbiylar, shuningdek, Sport telekanali sharxlovchilariga ham yangi qoidalar bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda.

Ikkinchi davradan boshlab yangi qoidalar chempionat bahslarida to‘liq amaliyotga kiritiladi.  


Maqola muallifi

Teglar

O'FA Professional futbol ligasi futbol qoidalari

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing