Milliy bog‘dagi sun’iy ko‘l o‘rnida teatr qurilishini ekologik ekspertizadan o‘tkazish so‘raldi

Jamiyat

image

Toshkentdagi Milliy bog‘ hududida joylashgan sun’iy ko‘l o‘rnida Milliy drama teatri qurish loyihasini ekologik ekspertizadan o‘tkazish so‘ralmoqda. Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi shunday taklif bilan chiqdi.

Jamoatchilik kengashining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligiga yo‘llagan xatida loyixa qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ekologik ekspertizadan o‘tkazilmasdan amalga oshirilishi rejalashtirilgani qayd etilgan.

“Toshkent shahar Hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Milliy bog‘dagi ko‘l o‘rnida Milliy akademik drama teatri yangi binosini qurish rejasidan o‘z xavotirini bildiradi.

Yuqoridagilarga asoslanib, bu masalani ekologik ekspertizasi xulosalarini inobotga olgan xolda xal qilinishi maqsadga mufvofiq bo‘lar edi”, deyiladi rasmiy xatda ekspertiza o‘tkazilmasligi ta’kidlanib.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevo‘tgan yilning 25 dekabrda 2021 yil yakunlari va 2022 yildagi rejalar yuzasidan shahar deputatlariga yo‘llagan murojaatida poytaxtdagi Milliy bog‘ hududida Ma’naviyat shaharchasi qurilishi ma’lum qilgandi.

Hokim Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbek milliy akademik drama teatri va O‘zbekiston davlat san’at muze yini o‘z ichiga olgan yangi, ulkan majmua – Ma’naviyat shaharcha qurilishini aytgan.

Loyiha avvalroq, 22 noyabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ham taqdim etilgan. Prezidentga namoyish etilgan loyihaga ko‘ra, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi bo‘lib, Adiblar xiyoboniga tutash hududda quriladi. Ushbu majmua muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxonani o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy bog‘i yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan. U 4 qavatli bo‘lishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod o‘quvchiga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan. Kutubxonada 1 million 500 mingta kitob saqlanishi bilan birga elektron adabiyotlar, multimedia mahsulotlari ham bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, Milliy bog‘ hududidagi ikkita sun’iy ko‘l qisqa vaqt ichida quritildi. 2018 yilda quritilgan nisbatan katta ko‘l o‘rnida Magic city parki qurildi. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlardan ikkinchi ko‘lda esa oxirgi marta 2019 kuzida suv bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Milliy bog‘ hududida 2017 yildan beri olib borilayotgan faol qurilish ishlari natijasida bog‘ning O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasiga tutash qismida Adiblar xiyoboni tashkil etildi, Magic City parki ochildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing