Milliardlar: 3 oyda qaysi viloyat eng ko‘p byudjet pulini “tuya qilgani” aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1-choragida mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd.so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Moliya vazirligining 1-chorakda mahalliy byudjet mablag‘larini maqsadsiz yoki noqonuniy sarflanishi bo‘yicha bergan ma’lumotida ko‘rsatilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 1-choragida hokimiyatlar tomonidan 3,4 mlrd so‘m miqdorida, hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan 2,9 mlrd so‘m miqdorida, hokimiyatlar huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari tomonidan 34,2 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd so‘m miqdorida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Jumladan:

•    Sirdaryo viloyatida – 40,2 mlrd so‘m;
•    Jizzax viloyatida – 23 mlrd so‘m;
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 21,9 mlrd so‘m;
•    Andijon viloyatida – 19,8 mlrd so‘m;
•    Toshkent shahrida – 16,5 mlrd so‘m;
•    Toshkent viloyatida – 12,1 mlrd so‘m;
•    Qashqadaryo viloyatida – 11,4 mlrd so‘m;
•    Surxondaryo viloyatida – 8,9 mlrd so‘m;
•    Farg‘ona viloyatida – 8,1 mlrd so‘m;
•    Samarqand viloyatida – 7,9 mlrd so‘m;
•    Xorazm viloyatida – 6,4 mlrd so‘m;
•    Buxoro viloyatida – 6 mlrd so‘m;
•    Namangan viloyatida – 5,2 mlrd so‘m;
•    Navoiy viloyatida – 1,4 mlrd so‘m qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Shu bilan birga, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida ko‘rilgan choralar natijasida byudjet muassasalarida xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga ortiqcha rejalashtirilgan mablag‘larni qisqartirish va boshqa noqonuniy xarajatlarning to‘xtatilishi hisobiga jami 5,3 mlrd so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larini asossiz sarflanishini oldi olindi.

Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 9 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxslariga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar tuzilib, ko‘rib chiqish uchun Ma’muriy sudlarga yuborilgan.

Moliya vazirligi Axborot xizmatiga ko‘ra, 210,1 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

byudjet talon-toroj viloyat

Baholaganlar

538

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing