Milliarder Uorren Baffetni fotoshop orqali 643 million yevroga chuv tushirishdi

Olam

image
Osmondagi saroy. Roman Abramovichning shaxsiy samolyotiga sayohat (fotogalereya) north_east

Osmondagi saroy. Roman Abramovichning shaxsiy samolyotiga sayohat (fotogalereya)

Amerikalik investor Uorren Baffet Photoshopʼdagi soxta hujjatlarga ishonib, yirik firibgarlik qurboni bo‘lgan. Bu haqda “The Guardian“ nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bir necha yil oldin “Vilgelm Shultz“ kompaniyasi egalari Photoshop dasturi orqali moliyaviy ahvoli yaxshiligi to‘g‘risida hujjatlarni soxtalashtirgan. 2017 yilda Baffetning “Berffhire Hathaway Inc” kompaniyasi “Vilgelm Shultz”ni 800 million yevroga sotib oladi.

Baffet kompaniyasiga soxta kompaniya hisobotlari haqida anonim xabarlar kelib tushdi. Xodimlar raqamlarni tekshirishni boshladilar va ular gullab-yashnaganini emas, balki bankrotlik yoqasida ishlaganliklarini aniqladilar.

Nyu-York arbitraj sudi firmaning qiymati 157 million yevroni tashkil etadi, deb qaror qildi va kompaniyaning oldingi egalariga 643 million farqni qoplashni buyurdi.

Ushbu qarordan keyin nemis prokurorlari kompaniyaga qiziqish bildirishdi. Ular bu “Vilgelm Shultz“ tomonidan investorlarning birinchi firibgarligi emasligini taxmin qilishmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya muntazam ravishda uchinchi shaxslarning buyurtmalari va hisoblarini qalbakilashtirgan, 47 ta bitim mutlaqo soxtalashtirilgan.

Kompaniyaning sobiq egalari ayblovlarni rad etishdi.

“Biz sud muhokamasi natijasidan hafsalamiz pir bo‘ldi. Uning natijasi noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Biz firibgarlik haqidagi ayblovlarni qat’iyan rad etamiz“, deyiladi ularning bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Uorren Baffet sayyoraning eng boy odamlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda. Uning boyligi 67,5 milliard dollarga baholanmoqda.

 
 

Maqola muallifi

Teglar

Uorren Baffet Photoshop

Baholaganlar

225

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing