Baffet 50 mlrd dollar yo‘qotdi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor va investor Uorren Baffetning Berkshire Hathaway xolding kompaniyasi birinchi chorakda COVID-19 koronavirusining tarqalishi oqibatida 50 milliard dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda kompaniyaning korporativ hisobotida ma’lum qilindi.

31 mart kuni yakunlangan uch oylik davrda Berkshire Hathaway 49,7 milliard dollar miqdorida sof zararni qayd etdi. O‘tgan yilning shu davrida kompaniya 21,7 milliard dollar foyda ko‘rgan edi. CNBC va CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Berkshire Hathaway hech qachon bunday katta yo‘qotishlar haqida xabar bermagan.

“Koronavirusga qarshi kurash doirasida qabul qilingan chora-tadbirlar mart oyida ishimizga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bu narsa ikkinchi chorakdagi ishlarimizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, Berkshire Hathaway o‘nlab kompaniyalarda katta ulushlarga egalik qiladi. Ular orasida Amerikaning yetakchi aviakompaniyalari, banklari va turli texnikalar ishlab chiqaruvchi korxonalar bor. Virusning tarqalishi AQSH iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi va ko‘plab kompaniyalar aksiyalarining narxining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

Bloomberg agentligining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, Uorren Baffet dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida beshinchi o‘rinda turadi. Uning boyligi 72 milliard dollarga baholanmoqda, shu yil boshidan buyon uning pullari 17 milliard dollarga kamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Uorren Baffet

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing