Milliarder Roman Abramovich shaxsiy Boeing’ini sotuvga qo‘ydi
Olam
−
05 noyabr 2021
7871Rossiyalik milliarder Roman Abramovich P4-MES raqamli shaxsiy Boeing 767-300ER samolyotini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Forbes”ga aviatsiya bozoridagi ikki manba xabar bergan.
Samolyotning sotilishi bilan Global Jet Monaco SAM kompaniyasi shug‘ullanadi. Lotning taxminiy qiymati 100 million dollarni tashkil etadi.
Ta’kidlashicha, samolyotdan foydalanish 2007 yildan boshlangan. O‘shanda uning qiymati 315 million dollarni tashkil etgan.
Samolyot bortida o‘qish zali, uchta mehmon yotoqxonasi, ovqatlanish xonasi va mehmonxona mavjud. Mutaxassislarning fikricha, Boeing’ni sotish qiyin bo‘ladi.
“Boy tadbirkorlar boshqalarnikidan farq qiladigan, buyurtma asosida tayyorlangan intererga ega samolyotda uchishni xohlaydi”, degan BizavNews aviatsiya loyihasi rahbari Dmitriy Petrochenko.
Ma’lumot o‘rnida, Roman Abramovich 2020 yilda maksimal daromad olgan rossiyalik milliarderlar o‘nligidan joy olgan.
LiveBarchasi