O‘zbekistonda qariyb milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
22 yanvar
7276O‘zbekistonda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda qariyb milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MCHJ rahbari va boshqa xodimlari tijorat maqsadida mehmonxona binosini umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulagani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda 495 million 400 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan.
Shuningdek, departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda oilaviy korxona rahbari ham issiqxonani tarmoqqa noqonuniy ulab, o‘g‘irlangan gazdan foydalanib kelgan. Avvalroq gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzib qo‘yilgan issiqxonaning davlatga 318 million 700 ming so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda.
Departamentning Karmana tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham yana bir oilaviy korxona hech qanday shartnomasiz tarmoqqa ulanib, 144 million 900 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
"Mazkur holatlar yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.
LiveBarchasi