Millatlar ligasi: Ispaniya o‘z uyida Portugaliyani mag‘lub etolmadi

Sport

image

Kecha, 2 iyun Millatlar ligasi1-tur bahslari doirasida, Ispaniya terma jamoasi o‘z maydonida Portugaliyani qabul qildi. Uchrashuvda hisob 25-daqiqaga kelib, Alvaro Morata tomonidan ochildi. Shundan so‘ng o‘yinning katta qismida shu hisob o‘zgarmay turdi. Portugaliya asosan himoyaviy futbol namoyish qilib, o‘z omadini qarshi hujumlardan izladi. Nihoyat o‘yinning 82-daqiqasida Rikardo Orta qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga joylab, Portugaliyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Portugaliya terma jamoasining asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu ushbu uchrashuvni zaxira o‘rindig‘idan boshladi va 62-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.

Millatlar ligasi 1 tur: Ispaniya – Portugaliya 1:1
Gollar: 1:0 – 25 Morata, 1:1 – 82 Rikardu Orta.

Ispaniya: Unai Simon, Aspilikuyeta, Lyorente, Pau Torres, Alba, Buskets, Soler (Koke, 63), Gavi (Lyorente, 81), Sarabiya, Morata (de Tomas, 70), Ferran Torres (Olmo, 63).

Portugaliya: Diogu Koshta, Joau Kanselu, Pepe, Danilu Pereyra, Gerreyru, Moutinyu (Ruben Nevesh, 46), Brunu Fernandesh (Mateush Nunesh, 81), Bernardu Silva, Otavio (Ronaldu, 62), Andre Silva (Gedesh, 62), Rafayel Leau (Rikardu Orta, 72).

Ogohlantirishlar: Sarabiya (36), Moutinyu (38), Bernardu Silva (39), Lyorente (72), Mateush Nunesh (83), Buskets (90), Pepe (90).

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Millatlar ligasi

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing