Millatlar Ligasi: Fransiya Ispaniyani mag‘lub etdi

Sport

image

Millatlar Ligasi finalida Fransiya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv Milanda bo‘lib o‘tdi.

Gollarga Karim Benzema (66-daqiqa) va Kilian Mbappe (80) mualliflik qildi. Ispanlardan Mikel Oyarsabal ham 64-daqiqada darvozani ishg‘ol etdi. Ushbu o‘yin Antuan Grizmann uchun terma jamoadagi 100-bahs bo‘ldi.

Serxio Buskets final bahsining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Ahamiyatlisi, Millatlar Ligasi davomida Fransiya terma jamoasi biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Guruh bosqichida Dide Desham shogirdlari 5 g‘alaba va bir durangga erishdi. Yarim finalda fransuzlar Belgiyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Ispaniya Germaniya, Shveysariya va Ukraina termasi joy olgan guruhda birinchi bo‘ldi. Ispanlar guruhda 3 g‘alaba, 2 durang va bir mag‘lubiyat bilan guruhdan chiqdi. “Qizil furiya” yarim finalda Italiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Fransiya ikki karra Jahon (1998, 2018) va Yevropa (1984, 2000)chempioni va hisoblanadi. Ispaniya hisobida bitta Jahon chempionligi (2010) va Yevropa chempionatining uchta (1964, 2008, 2012)oltin medali bor.


Maqola muallifi

Teglar

Millatlar Ligasi

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar