Militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinayotgani tasvirlangan video bo‘yicha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
01 iyun 2020
23661Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta militsiya xodimi fuqaroni maxsus avtobusga olib chiqishga urinayotgani tasvirlangan videosi tarqalgan edi. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro viloyat soliq organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.
"Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Chilonzor tumanida militsiya xodimlari fuqaroni avtobusga olib chiqishga urinishayotgan videosi tarqaldi. Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum" deb tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot.
Joriy yil 1 iyun ertalab soat taxminan 04.30 larda Toshkent viloyatining Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent halqa yo‘li chekkasidagi "Toshkent" savdo majmuasi va "Do‘stlik" buyum bozorlari tashqarisida, viloyat soliq organlari tomonidan o‘rnatilgan tartibga zid ravishda noqonuniy savdo ishlari bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda, bir qator fuqarolar tomonidan norozilik bildirilgan, shunda jamoat tartibini saqlash maqsadida hududga viloyat IIBB patrul-post xizmati xodimlari jalb qilingan", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur hududda jamoat tartibi tiklanib, noqonuniy harakatlarga barham berilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari amalga oshirilib, uning yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qililngan.
LiveBarchasi