Milanning ikki klubi eronlik futbolchi uchun kurashmoqda

Sport

image

“Portu” klubining eronlik hujumchisi Mehdi Taremiga Italiyaning “Milan” va “Inter” klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda futbol jurnalisti Janluka Di Marsio o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Portugaliya klubi 30 yoshli futbolchi uchun 30 million yevro talab qilmoqda, biroq “Portu” 25 million bilan birga qo‘shimcha bonuslarga ham rozi bo‘lishi mumkin.

Taremining manfaatlarini taniqli futbol agenti Jorje Mendesh himoya qiladi. “Portu”ning futbolchi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.

O‘tgan mavsumda Taremi barcha turnirlar doirasidagi 50 ta o‘yinda 31 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan. “Transfermarkt”ga ko‘ra, hujumchining qiymati 18 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Mehdi Taremi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing