“Milan” yevrokuboklardan chetlatilishi mumkin

Sport

image

“Milan” Italiya huquq-tartibot idoralari bilan muammolarga duch keldi. Mamlakat moliya gvardiyasi klub ofislarida tintuv o‘tkazdi, hujjatlar va kompyuter texnikasi ekspertiza uchun musodara qilindi. Bu haqda insayder Janluka Di Marsio o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, huquq-tartibot idoralarida 2022 yilda “RedBird Capital Partners”ga sotilganiga qaramay, “Elliott Management” kompaniyasi “Milan”ga egalik qilishda davom etmoqda degan shubhalar paydo bo‘lgan.

Agar bu isbotlansa, Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) “Milan”ni yevrokuboklardan chetlatishi mumkin.

Gap shundaki, “Elliott Management” hozirda “Lill” klubiga egalik qilmoqda, bir kompaniyaning 2 ta klubi esa UEFA shafeligidagi bitta turnirda ishtirok etishi taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Italiya Lill'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing