“Milan” Shevchenkoni olib kelmoqchi

Sport

image

"Milan" rahbariyati jamoa bosh murabbiyligiga Ukraina terma jamoasi ustozi Andrey Shevchenkoni taklif qilishni rejalashtirmoqda.

"Rossonerilar" sport direktori Paolo Maldini jamoaning sobiq futbolchilari bilan, shu jumladan 43 yoshli ukrainalik bilan ham ko‘rishmoqchi.

Sobiq futbolchi faoliyati davomida "Milan"da 1999-2006 va 2008-2009 yillarda faoliyat yuritgan.

Shevchenko 2016 yildan buyon Ukraina terma jamoasini boshqarmoqda.

Ma’lumot uchun, Andrey Shevchenko 1976 yilda Ukrainada tug‘ilgan. U faoliyatini Kiyevning "Dinamo" jamoasida boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Andrey Shevchenko

Baholaganlar

36

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing