“Milan” Rasmus Xyoylunn transferida jiddiy qadam tashladi
Sport
−
13 avgust 2477 1 daqiqa
Italiyaning “Milan” klubi “Manchester Yunayted” hujumchisi Rasmus Xyoylunn bo‘yicha muzokaralarda katta siljishga erishdi. Futbolchi allaqachon “rossonerilar” loyihasiga qiziqish bildirgan va “Milan”ga o‘tishga tayyorligini ma’lum qilgan. Bu haqda taniqli insyadr Fabritsio Romano o‘z sahifasida yozdi.
“Milan” 6 million yevro bir mavsumlik ijaraga olish to‘lovi hamda ijaradan so‘ng o‘qinchini sotib olish uchun 45 million yevro va futbolchining to‘liq maoshini to‘laydi.
Manbalarga ko‘ra, tomonlar hozirda yakuniy detallarni muhokama qilmoqda va kelishuv tez orada rasmiylashtirilishi mumkin.
21 yoshli daniyalik hujumchi o‘tgan yozda “Atalanta”dan “Manchester Yunited”ga katta umidlar bilan kelgan edi, biroq Angliyadagi birinchi mavsumida jarohatlar va moslashish davri uning o‘yiniga ta’sir qildi. Endi esa u Italiyaga qaytib, o‘zining eng yaxshi formasini qaytarishga intilmoqda.
“Milan” uchun bu transfer hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin, ayniqsa jamoa kelasi mavsumda A Seriyasi va Chempionlar Ligasida yuqori natijalar ko‘rsatishni maqsad qilgan bir paytda.
Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Yunayted” allaqachon yozgi trasferlar uchun 200 million yevrodan oshiq pul sarflab bo‘lgan. Endi klub buni qoplashi kerak.
Jahongir Boltaboyev
Live
Barchasi