“Milan”rahbariyati jamoa sardori uchun yangi shartnoma tayyorlamoqda

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi jamoa sardori Alessio Romanoli bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi, ya’ni u jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin.

“La Gazetta dello Sport” xabariga ko‘ra, “rossonerilar” jamoasi 26 yoshli futbolchining hozir olayotgan 6 million yevrolik maoshini 3,5 million yevroga qadar kamaytirishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi eng kamida 4,5 million yevro maosh taklifini kutmoqda.

Biroq himoyachining agenti Mino Rayolaga yaqin kunlarda taklif yuboriladi. Chunki darvozabon Janluiji Donnarumma jamoani erkin agent sifatida tark etganidan so‘ng, u bilan klubning munosabatlari keskinlashgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Romanoli “Milan” bilan barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Milan Italiya Zlatan Ibragimovich Alessio Roman'oli

Baholaganlar

18

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing