“Milan”ni sotib oladigan odam topildi
Sport
−
28 Sentabr 2019
4910Elliott Management kompaniyasi klubni fransiyalik biznesmen Arno Bernarga sotishga rozi bo‘ldi.
Bitim shu yilning oxirida imzolanishi mumkin. Yangi rahbarlar jamoaning murabbiylar shtabida o‘zgarish qilishni va Massimiliano Allegrini 2020/21 yilgi mavsum so‘nggida jamoaga qaytarmoqchi.
Arno Yevropadagi eng boy odam hisoblanadi va Louis Vitton Moet Hennessy kompaniyasining nazorat paketi aksiyalariga egalik qiladi.
Ma’lumot uchun, "Milan" klubi 1899 yilda Buyuk Britaniyada tug‘ilgan Alfred Edvards tomonidan asos solingan. Klub shu nomdagi shahar sharafiga inglizcha nom oldi (italyancha, "Milan" deb tarjima qilinadi). Jamoaning birinchi murabbiyi Gerbert Kilpin edi. U klubning shakli va ranglari: qora va qizilni o‘ylab topgan. Qizil rang iblisni, jamoaning homiysini va qora — bu uning barcha raqiblariga tahdid soladigan xavfni anglatadi, shuning uchun vaqt o‘tishi bilan jamoa "Iblislar" deb nomlana boshladi. Klubningramzi Milan shahrining gerbi bilan qalqon edi — oq maydonda binafsha rangli xoch.