“Milan” murabbiylik posti uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi
Sport
−
15 May 2024 3989 1 daqiqa
“Milan” Marselo Galyardoni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio X sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati 48 yoshli argentinalik mutaxassis bilan shartnoma tuzishga harakat qiladi. Hozirda Galyardo Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubini boshqarmoqda.
Galyardo o‘zining professional faoliyati davomida “Nasonal” va “River Pleyt” klublarida ishlagan va 13 ta sovrin yutgan.
“Milan” 2023/2024 yilgi mavsum yakunida amaldagi bosh murabbiy Stefano Piolini iste’foga chiqaradi.
36-turdan keyin “Milan” 74 ochko bilan A Cyeriyada 2-o‘rinda bormoqda. “Inter” muddatidan avval 92 ochko bilan mamlakat chempioniga aylandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr