“Milan” murabbiyligi uchun asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Sport

image

“Inter” va Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte yozda “Milan” klubining bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda “Football Italia” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “rossonerilar” rahbariyati 54 yoshli italiyalikdan boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmayapti. Qayd etilishicha, “Milan” boshliqlari katta ehtimol bilan Pioliga mavsum oxirigacha ishlashga ruxsat beradi, shundan so‘ng ular Konteni jamoaga taklif qiladi.

Konte murabbiylik faoliyati davomida “Chelsi”, “Yuventus”, “Inter”, “Atalanta”, “Siyena”, “Bari” va Italiya terma jamoasini boshqargan. Mutaxassisning so‘nggi jamoasi “Tottenxem” bo‘ldi. Antonio o‘tgan yilning mart oyi oxirida London klubini tark etgandi.

Ayni damda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Pioli shogirdlari 18 turdan so‘ng 36 ochko jamg‘ardi. Jamoa va chempionat yetakchisi “Inter” o‘rtasidagi farq 9 ochkoni tashkil etadi. Shuningdek, “rossonerilar” Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallab, YeCHLni tark etdi va hozirda “qizil-qoralar” Yevropa ligasi pley-off o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Milan Antonio Konte

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing