“Milan” ispaniyalik futbolchi transferi bo‘yicha harakatlarini kuchaytirmoqda

Sport

image

Italiyaning “Milan” klubi rahbariyati kelasi haftada “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morataning agenti bilan ko‘rishadi. Bu haqda futbol jurnalisti Daniele Longo o‘z Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvda tomonlar 30 yoshli ispaniyalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qiladi. Hozirda “rossonerilar”ning asosiy maqsadlaridan biri hujumni kuchaytirish. Klub 12-15 million yevro evaziga Morata bilan shartnoma imzolash mumkinligiga ishonmoqda.

2022/2023 yilgi mavsumda Morata “Atletiko” safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Morata faoliyati davomida Turinning “Yuventus”, Londonning “Chelsi” va Madridning “Real” klublarida o‘ynagan. “Transfermarkt” hujumchining hozirgi qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Milan Alvaro Morata

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing