“Milan” “Bernabeu”da o‘ziga xos natija qayd etdi
Sport
−
06 noyabr
1802Italiyaning “Milan” klubi Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi o‘yinda (3:1) g‘alaba qozonib, o‘ziga xos natijaga erishdi. Bu haqda “Opta Sport” statistik portali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Italiya klubi Yevropaning asosiy turniri tarixida “Santyago Bernabeu” stadionida “Real” darvozasiga ikki marta uchta gol urgan birinchi klub bo‘ldi. Bungacha “rossonerilar” 2009 yilda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Milan” Yevropa Chempionlar ligasi yakuniy jadvalida to‘rt turdan keyin 6 ochko jamg‘arib, 18-o‘rinda bormoqda. “Real Madrid” ham 6 ochko bilan 17-o‘rinni band etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madrid klubi o‘zining 15 yillik antirekordini takrorlagani xabar qilingandi.
“Qirollik klubi” 2009 yildan beri birinchi marta barcha musobaqalarda ketma-ket ikkita uy uchrashuvida mag‘lub bo‘lib, uchta va undan ko‘p gol o‘tkazib yubordi.
LiveBarchasi