“Milan” hujumchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

Sport

image

Fransiyalik hujumchi Olive Jiru Italiyaning “Milan” klubi bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Sky Sport Italia” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 36 yoshli hujumchi klub 2024 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan yangi shartnomaga kelishib olgan. Yangi shartnoma bo‘yicha uning maoshi mavsumiga 3,8 million yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, kelishuv yana turli xil bonuslarni o‘z ichiga oladi.

Jiruning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangandi.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyadagi 24 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Oliv'e Jiru “Milan”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing