Migratsiya qoidalarini buzgan 27 nafar o‘zbekistonlik Yevropadan vatanga qaytarildi
Jamiyat
−
12:16 471 1 daqiqa
Shvetsiya va Polshada migratsiya qonunchiligini buzgan 27 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reysi orqali Toshkentga olib kelindi. Bu haqda bugun, 9 sentyabr kuni “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqarolarni mamlakatga qaytarish O‘zbekiston, Shvetsiya va Polshaning vakolatli idoralari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan.
Toshkentga kelgan yo‘lovchilarni Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari kutib olgan.
Manbaga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari hamda mezbon davlatlar qonunchiligiga rioya qilgan holda, o‘z fuqarolarining xorijdagi huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan siyosatining bir qismi hisoblanadi.
Shuningdek, xorijga chiqayotgan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish va migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH migratsiya qonunchiligi talablarini buzgan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatdan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi