Migratsiya inqirozi: Belarusda qancha muhojir qolgani aytildi 

Olam

image

Belarusdagi muhojirlar o‘z vatanlariga qaytishni boshladi, biroq 10 mingdan ortig‘i hali ham mamlakatda. Bu haqda Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetskiy Rigada Latviya hukumati rahbari Krishyanis Karinsh bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.  

“Bir necha ming kishi, jami 10 mingdan ortiq kishi hali ham Belarus hududida qolmoqda. O‘z mamlakatlariga qaytishni istagan bir necha yuzlab muhojirlar bo‘lgan birinchi transport ushbu mamlakatlarga qaytib keldi”, degan Moravetskiy. 

Qayd etilishicha, Polsha hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, oxirgi ikki kun ichida muhojirlar Belarus hukumati tomonidan chegara chizig‘idan logistika markazlariga o‘tkazilgani Belarus rahbariyati bu odamlardan siyosiy maqsadlarda foydalanayotganidan dalolat beradi. 

“Bu muhojirlar Minsk hukumati qo‘lida qurolga aylanganini ko‘rsatadi. Ta’kidlash joizki, biz allaqachon 400 ga yaqin kontrabandachini qo‘lga oldik. Bular turli millat, jumladan, G‘arbiy Yevropa va Yaqin Sharq vakillari”, degan Polsha Bosh vaziri. 

Belarus-Polsha chegarasidagi vaziyat joriy yilning 8 noyabr kuni yomonlashdi. Polsha rasmiylariga ko‘ra, 15 noyabrga qadar 3,5 mingga yaqin muhojir Belarus tomonida “Bruzgi” — “Kuznitsa” yopiq chegara o‘tish joyi yaqinida qolgan. Ular u yerda lager tashkil qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, muhojirlar lagerni tark etgan.  

Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek AQSH va Buyuk Britaniya Belarus hukumatini inqirozni keskinlashtirishda aybladi. Belarus Davlat chegara qo‘mitasi, o‘z navbatida, Polshani inqirozli vaziyat yaratib, muhojirlarni Belarus chegarasiga surib qo‘yganlikda aybladi. Minsk bo‘layotgan voqealar Varshavaning “befarqligi va g‘ayriinsoniy munosabati” tufayli yuzaga kelgan, deb hisoblaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Belarus'

Baholaganlar

58

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing