Varshavada noma’lum shaxslar sinagogani yoqib yubormoqchi bo‘ldi
Olam
−
01 may
6474Bugun, 1 may kuni noma’lum shaxslar Varshava markazidagi ibodatxonaga o‘t qo‘yishga uringan. Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy ma’lum qildi.
"Mamlakat bosh ravvini Mixael Shudrixning yozishicha, kimdir Nojikov ibodatxonasiga molotov kokteyli yordamida o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan. Xudoga shukur, hech kim jabrlanmadi", deb yozgan vazir X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Mahalliy nashrlarning qayd etishicha, voqea haqida poytaxt politsiyasi xabardor qilingan va hozirdanoq tergov ishlari boshlab yuborilgan.
Ma’lumot uchun, Nojikov sinagogasi Polsha yahudiy jamoalari ittifoqining asosiy ibodatxonasi bo‘lib, Varshavadagi Ikkinchi jahon urushidan qolgan yagona shunday joydir. Bino 1997 yilda ham yoqib yuborilgan bo‘lib, o‘shanda binoning qabulxonasi shikastlangan edi.
LiveBarchasi