Migratsiya agentligi Qozog‘istondagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Ayni kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 10 noyabridan 21 noyabrigacha Qozog‘iston hududida hujjati bo‘lmagan yoki migratsiya qonunchiligini buzgan holda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarning mamlakatni tark etishi so‘ralayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mazkur xabarlar fonida ushbu davlatda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.

Migratsiya agentligining ma’lum qilishicha, ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Aniqlik kiritilishicha, Qozog‘iston hukumatining 2022 yil 31 dekabrdagi 1146-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston davlat chegarasini kesib o‘tgan kundan boshlab, 30 kungacha ushbu mamlakatda bo‘lib turishi mumkin. Ammo, umumiy qolish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, ya’ni fuqaro uzluksiz 90 kalendar kunidan ortiq Qozog‘istonda bo‘lib turish mumkin emas.

Qozog‘istonga ishlash maqsadida boryotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun ichida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oygacha bo‘lgan muddat uchun ishlash va yashash uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini ushlab turgan 1992 va 1994 yillarda tug‘ilgan g‘isht zavodi egalari odam savdosida ayblanib, qamoqqa olingani, ularga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangani xabar qilingandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston o'zbekistonlik ogohlantirish Migratsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made