Migrantlar inqirozi: Lukashenko Germaniyani ogohlantirdi

Olam

image

Agar polyaklar gumanitar koridor bermasa, qochqinlar Myunxenga Belarusning “Belavia” aviakompaniyasi samolyotlarida jo‘natilishi mumkin. Bu haqda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi. 

“Agar polyaklar gumanitar koridor bermasa, biz ularni “Belavia”da Myunxenga olib borishimiz mumkin. Muammo nimada?” degan Lukashenko. 

Ta’kidlanishicha, davlat rahbari Konstitutsiyani yakunlash bo‘yicha ishchi guruh bilan uchrashuvda Myunxen rasmiylarining yaqinda Belarus-Polsha chegarasida qochqinlarni qabul qilish taklifi haqida gapirgan. Lukashenkoning aytishicha, ikki-uch ming muhojir Yevropa Ittifoqi uchun muammo emas. 

So‘nggi paytlarda Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegarada Yaqin Sharq va Afrikadan hibsga olingan noqonuniy muhojirlar sonining ko‘payishi haqida xabar berdi, Minsk migratsiya inqirozini yaratishda ayblandi. Minsk barcha ayblovlarni rad etdi. Vaziyat munosabati bilan Polsha Prezidenti Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy qildi, chegarani himoya qilishga armiya va politsiya jalb qilindi. 

Belarus chegarachilari Litva, Polsha va Latviya tomonidan muhojirlarni Belarus hududiga majburan chiqarib yuborish haqida bir necha bor bayonot bergan. O‘tgan haftada Belarusning Polsha bilan chegarasi yaqinida 2 mingga yaqin kishidan iborat qochqinlar lageri tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing