MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Azamat Xolmurodov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.  

Ma’lumot uchun, Azamat Xolmurodov 1980 yilda Termiz tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. U ish faoliyatini 1997 yilda Surxondaryo viloyat prokuraturasi noziri bo‘lib boshlagan va viloyat prokuraturasida turli lavozimlarda ishlagan. 

 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Termiz tuman bo‘limi surishtiruvchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida o‘z ishini davom ettirib, 2018-2019 yillarda Byuroning Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari hamda 2020-2021 yillarda Byuroning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Mazkur tayinlovga qadar u byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo MIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing