MIB xodimlari qariyb “20 ming dollar”ni yoqib yubordi

Jamiyat

image

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudining 2021 yil 4 oktyabrdagi ijro varaqasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan qalbaki 19 ming 500 AQSH dollari yo‘q qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, viloyat markazida yashovchi Nasimjon Paxritdinov qirg‘izistonlik fuqaro bilan til biriktirib, o‘zidagi qalbaki pullarni haqiqiy qiymatdagi 12 ming dollar pul kupyuralariga almashtirishga kelishadi. Qalbaki pullarga xaridor ham topib qo‘yilgandi. Ushbu jinoiy “to‘da” Kosonsoy tumanida soxta pullarni haqiqiysiga almashtirayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ashyoviy dalillar ustida qo‘lga olingan.

Surishtiruvlar chog‘ida guruh oldin ham xuddi shunday noqonuniy xatti-harakatga qo‘l urgani va 6 ming 800 qalbaki dollarni 4 ming haqiqiy dollarga almashtirib, pul o‘tkazmalari orqali xorijga chiqarib yuborgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida MIB idoralari tomonidan sud organlaridan kelgan tegishli tartibda yo‘q qilish bilan bog‘liq 10 dan ortiq ijro hujjati ijrosi ta’minlangan. Birgina, qalbaki valyuta bilan bog‘liq 4 ta hujjat doirasida umumiy hisobda 46 ming 650 ming dollar qalbaki pullar yo‘q qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

MIB

Baholaganlar

663

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing