MIB xodimiga tarsaki tushirgan ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda ma’muriy bino ichida MIB xodimiga  tarsaki tushirib, so‘ng ochiqdan ochiq unga tuhmat qilishga o‘tgan ayol bilan bog‘liq video tarqalgan edi.

Ushbu holat yuzasidan, Bosh Prokuratura Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Majburiy ijro byurosi Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituvida M.Tojibayeva foydasiga - qarzdorlar D.J., F.J. va I.J.larni Yunusobod tumani, 6-mavze, 24-uy, 18-xonadondan foydalanish xuquqini yo‘qotgan deb topish va boshqa turar joy bermasdan ko‘chirish xaqidagi ijro ishi mavjud.

Ijro xujjati bo‘yicha qarzdor D.J. berilgan ixtiyoriy muddatda uydan ko‘chib chiqmagan va uyda bo‘lmaganligi aniqlangan.

Joriy yilning 8 may kuniga majburiy ijro harakatlari tayinlanib, Yunusobod tumani, 6-mavze, 24-uy, 18-xonadonga undiruvchi va xolislar ishtirokida borilganda uy eshigi yopiqligi va qarzdor uyda yo‘qligi aniqlangan.

Shundan so‘ng, uy eshigi xolislar va undiruvchining vakili tomonidan ochilib, xatlov o‘tkazilganda,  xonadonga Z.T. (ijro haraktalariga aloqasi bo‘lmagan) kirib kelib, xonadonning kirish tomonining o‘ng tarafidagi xonaga kirib,  o‘sha yerda bo‘lgan tumbochkaning ichidan oq rangli polietilen paketda bo‘lgan narsani olib chiqib ketishga harakat qilgan.

Davlat ijrochilari undan kimligi va nima maqsadda uyga kelganligi so‘ralgan vaqtida u qo‘lidagi paketda pul borligi va bu pullar unga tegishli ekanligini ma’lum qilgan.

Shunda, fuqaro Z.T. uydan chiqishga xarakat qilganida, davlat ijrochilar tomonidan to‘xtatilib uning qo‘lida bo‘lgan paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan vaqtida, paket ichida va uning ichida bo‘lgan ayollar qul sumkasining ichida 5.600.000 so‘m miqdorida pul, 952 AQSH dollari, 20 Tojikiston somoniysi, 10 Yevro, 2 singapur dollari,   fuqaro J.F. nomiga berilgan “VIZA” kartasi borligi aniqlandi. 

Davlat ijrochilari tomonidan ushbu pul mablag‘larni olib ketishga asos yo‘qligini tushuntirib pul mablag‘larini topshirishni ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, Z.T. uning turmush o‘rtog‘i davlat ijrochilariga sud qarorini bajarishda qarshilik ko‘rsatib davlat ijrochilarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan nizoli pul mablag‘larini olib chiqib ketishga harakat qilib, davlat ijrochilariga qarshilik ko‘rsatib, fuqaro Z.T. davlat ijrochisining yuziga shapaloq urib, go‘yoki uning yuziga davlat ijrochisi urgani haqida ayblab tuhmat kilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar atroflicha o‘rganilib, natijada Yunusobod tuman prokurori tomonidan fuqaro Z.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan ( xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat MIB

Baholaganlar

278

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing