MIB ikkinchi guruh nogironining uyi nega buzilganiga izoh berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Oltiariqda ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan fuqaro uyi buzilgani sababli oilasi bilan ko‘chada qolgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi fuqaro mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 2018 yil 24 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan Oltiariq tumani, Oqbo‘yra massividagi har biri 400,0 metr kv dan iborat bo‘lgan 26 va 35-sonli yer uchastkalari qarzdor Toshboyeva Nasibaxonning noqonuniy foydalanishidan undiruvchi Normatova Diloromxon egaligiga olib berilishi hamda mazkur yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni (bino-inshootlar) qarzdor N.Toshboyeva tomonidan yoki uning hisobidan buzdirish belgilangan.

Mazkur sud hujjati 2018 yil 23 noyabrda Byuroning Oltiariq tumani bo‘limiga kelib tushgan.

Davlat ijrochisi 2018 yil 28 noyabrda qarzdor N.Toshboyevaga sud hujjati mazmun-mohiyatini tanishtirgan va unga sud hujjati ijrosini ta’minlash uchun 15 kun muddat belgilagan.

Ushbu qaror ijrosi sudning 2018 yil 20 dekabrdagi xatiga asosan to‘xtatilgan, 2019 yil 5 martdagi ajrimga asosan majburiy ijro harakatlari davom ettirilishi belgilangan.

Sud hujjati ijrosini joriy yilning 18 mart kunida majburiy tartibda bajarishga kirishilayotgan vaqtda N.Toshboyeva ushbu xonadonni sotib olganligini, tuman “Yermulkkadastr” xizmatining 2013 yil 5 iyundagi kadastr hujjati mavjudligini ko‘rsatib, mazkur holat yuzasidan hozirda tegishli sudga murojaat qilganligini, shuningdek Oltiariq tumani, Qaxramon MFYning joriy yil 26 martdagidagi 438-sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra sud hujjatida belgilangan 26, 35-raqamli yer uchastkalarida boshqa shaxslar yashayotganligini, N.Toshboyeva esa Oltiariq tumani, Oqbo‘yra MFY, Nayman ko‘chasidagi 27, 36-raqamli yer uchastkasida yashab kelayotganligini ma’lum qilib, bu haqda tushuntirish xati taqdim etgan.

Mazkur qarama-qarshilikka oydinlik kiritish uchun joriy yilning 29 mart kuni FIB Rishton tumanlararo sudiga murojaat qilingan.

Sudning joriy yil 11 apreldagi ajrimiga ko‘ra, hal qiluv qarori o‘zgartirilmagan holda 2018 yil 24 oktyabrdagi hal qiluv qarori ijrosini ta’minlash lozimligi tushuntirilgan.

Shunga ko‘ra, 22 may kuni xolislar va vakolatli idoralar xodimlari bilan o‘zaro hamkorlikda majburiy ijro harakatlari o‘tkazishga kirishilgan, biroq qarzdor N.Toshboyeva va uning yaqin qarindoshlari qarshilik ko‘rsatishgan va majburiy ijro harakatlari 23 mayga qoldirilgan.

Joriy yilning 23 may kuni davlat ijrochilari xolislar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida qarzdor N.Toshboyevaning yashash xonadonidagi 24 turdagi mol-mulklari dalolatnoma asosida “Qaxramon” MFY raisi F.Mahmudovga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan, ijro hujjatida ko‘rsatilgan noqonuniy qurilmalar to‘liq buzilgan, yer uchastkasi D.Normatovaning egaligiga tilxat asosida olib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

MIB Oltiariq

Baholaganlar

95

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing