Farg‘onada ko‘chatlarni saqlash ombori yonib ketdi
3-sahifa
−
14:38 1607 1 daqiqa
Bugun, 23 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida ko‘chatlarni saqlash ombori yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 23 fevral soat 13:24 da “112” tizimidan Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga (FVB) Oltiariq tumani, “Povirg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini Kampikoy ko‘chasida joylashgan daraxt ko‘chatlarini saqlash ombori, ya’ni muzlatkich yonayotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Yong‘in joyiga Farg‘ona viloyati FVBdan 7 ta qutqaruv bo‘linmasi texnikasi soat 13:30 da yetib borib, soat 13:42 da o‘rab olingan va yong‘in soat 14:20 da batamom o‘chirilgan.
Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi qurilish bozorida yong‘in sodir bo‘lgandi. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Live
Barchasi