MIB 34 000 dollar qarzi bo‘lgan fuqaroning Malibu'sini auksionga qo‘ymoqchi
Jamiyat
−
19 aprel 2023
10328Toshkentda 34 ming dollar qarzdorlikka ega bo‘lgan shaxsning Malibu'si sotuvga chiqariladi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etilshicha, Toshkentda D.M. ismli shaxsning A.A. ismli tanishi foydasiga 34 ming dollar qarzdorligi hamda 14 million 773 ming 500 so‘m miqdoridagi davlat bojini to‘lashi talab etilgan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga 2022 yilning 22 avgustida kelib tushgan. Shu kuni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorga ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun o‘n besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning Malibu 2 rusumli avtomobili shu yilning 14 aprel kuni xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yilgan. Shuningdek, hozirda xatlangan avtomobilni onlayn auksionda sotishga chiqarish bo‘yicha ish olib borilayotgani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda erkak Malibu'dan ayrilmaslik uchun 126 million miqdordagi qarzi va 5 ta ma’muriy jarimasini birdaniga to‘lab yuborgandi.
LiveBarchasi