Meyvezer va Jon Gotti III jangida katta janjal kelib chiqdi (video)

Sport

image

Boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer va MMA jangchisi Jon Gotti III o‘rtasida tashkil etilgan ko‘rgazmali jang katta janjal bilan yakunlandi. 

AQSHning Florida shtatida joylashgan “FLA live arena”da kecha, 11 iyun kuni katta ko‘rgazmali jang oqshomi bo‘lib o‘tdi. Mazkur kechaning markaziy to‘qnashuvida Meyvezer va Jon Gotti ringga ko‘tarildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda avjiga chiqqan tresh tokinglar ringda ham davom etdi. Jangda keraksiz gaplar ko‘p ishlatilganligi sababli referi 6-raundda jangni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Gotti III referining qarorini hurmat qilmagan holda Meyvezerga yana 2-3 bor zarba yo‘lladi. Shundan so‘ng hakamlar unga nisbatan diskvalifikatsiya e’lon qildi.

Shuningdek, ringdagi mojarolarga sportchilarning jamoalari aralashib katta tartibsizlaik yuzaga keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jiddiy jarohat olmagan.

Ma’lumot uchun, boksdagi shaxsiy rekordi 50:0 bo‘lgan Meyvezer joriy yilning fevral oyida Aaron Chalmersga qarshi jang qilgan. Mazkur bahs ko‘rgazmali jang maqomida bo‘lgani uchun g‘olib aniqlanmagan. Biroq jang Meyvezerning katta ustunligida o‘tgan.

Amerikadagi eng kuchli jinoyat sindikatining boshlig‘i sifatida tanilgan mashhur to‘da bossi Jon Gottining 30 yoshli nabirasi Gotti III esa MMA'da 6 ta jang 5 ta g‘alaba, professional boksda 2 ta jang 2 ta g‘alaba qayd etgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

MMA Floyd Meyvezer Jon Gotti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing