Komil Rashidov yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. 

TIV Matbuot xizmatining xabar qilishicha, Komil Rashidov Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan. 

U 2019 yilning sentyabyuridan 2020 yilning avgustigacha Bosh vazirning maslahatchisi – Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u O‘zbekistonning Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ham faoliyat yuritgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Komil Rashidov

Baholaganlar

250

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing