O‘zbekistonda IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazishni bepul qilish taklif etildi
Jamiyat
−
17 fevral 2020
7353Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish taklif etilmoqda. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida shu haqdagi petitsiya e’lon qilindi.
Murojaatda jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olish uchun aholidan undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish va ro‘yxatga olishni yanada soddalashtirish tartibini joriy etish so‘ralgan.
“Hozirgi globallashuv davrida aholini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha to‘lov va ovoragarchiliklarni bartaraf etish muhim deb hisoblayman”, deydi petitsiya muallifi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishda to‘lovlarni bekor qilish so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 1 dekabridan O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali pulli asosda ro‘yxatga olinyapti.
LiveBarchasi