Metroning Yunusobod liniyasi qurilishida avariya yuz berdi

Jamiyat

image

Bugun, 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod liniyasida qurilish ishlari olib borilayotgan ochiq uchastkada avariya holati yuz berdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning ma’lum qilishicha, kuchli yomg‘ir natijasida Yunusobod liniyasi qurilishida yer o‘pirilgan. Vaziyatni O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Transport vaziri Ochilboy Ramatov shaxsiy nazoratiga olgan. Xizmat tekshiruvi o‘tkazilyapti.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" raisi Hosilov Xusniddin voqea joyiga yetib borgan. Voqea tafsilotlari va jabrlanganlar aniqlanlanyapti. Ta’kidlanishicha, tez orada o‘tganish natialarini ma’lum qilinadi.

O‘pirilgan yer ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi ham mumkin. Qayd etilishicha, voqea joyida tez tibbiy yordam mashinalari va qutqaruvchilar brigadalari ishlashmoqda. Bir necha ishchi halok bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Metro Yunusuobod liniyasi

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing