Metroda tug‘ilgan chaqaloq va uning onasiga butun umrlik chipta berildi
Jamiyat
−
07 Oktabr 8623 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent metropolitenining G‘afur G‘ulom bekatida chaqaloq dunyoga kelgandi. Ushbu chaqaloq va uning onasiga metrodan umrbod bepul foydalanish huquqi berildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Shuningdek, xizmat davomida ogohlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan navbatchi xodima – Naima Maxamadjonova hamda jarayonda ishtirok etgan bir qator metro xodimlari ham rag‘batlantirilishi nazarda tutilgan.
Ma’lumot uchun, chaqaloq kecha, 6 oktyabr kuni tug‘ildi. Poyezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima – Naima Maxamadjonovaga xizmat davomida bekat o‘tish yo‘lagidagi ichki ishlar xodimi tomonidan yo‘lovchi ayolning holati bo‘yicha xabar berilgan.
Bir lahzada vaziyatni to‘g‘ri baholagan Naima Maxamadjonova xizmat davomida o‘ziga o‘rgatilgan maxsus bilimlar va ko‘nikmalarni ishga solgan holda birinchi yordam ko‘rsatib, voqea joyida ayolning farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga yaqindan ko‘maklashgan hamda chaqaloq sog‘ligi uchun kerakli yordamlarni (kindik qismi bog‘lanib, yangi tug‘ulgan chaqaloq nafas olish refleksini faollashtirgan) ko‘rsatgan.
Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirilgan. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar (taxmiman 10 daqiqa) xodimlar ona va chaqaloq holatini nazorat ostida ushlab, ularning xavfsizligini ta’minlagan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr