Metroda notanish qizning belidan pastini ushlagan erkak qamaldi
3-sahifa
−
22 avgust
14939Toshkent shahridagi metroda qizning belidan pastini ushlab, shilqimlik qilgan erkak qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjatlari bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 26 iyul kuni M.T ismli shaxs metroning “Amir Temur” bekati elektropoyezdi ichida Z.S.ni belidan past qismini ushlab, unga shahvoniy shilqimlik qilganlikda ayblangan.
Sud majlisida huquqbuzar M.T. o‘z aybiga iqrorligini, jabrlanuvchi Z.S.ning belidan past qismiga qo‘li ketib qolganligini, biroq bu kabi harakatni qasddan qilmaganini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
M.T Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 411-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq begona ayolning belidan ushlab, tegajog‘lik qilgan tarvuz sotuvchisi qamalgandi.
LiveBarchasi