Metroda erkaklar va ayollar alohida navbatda turishi so‘ralgani rostmi? Izoh berildi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi Beruniy metro bekatida xodim tomonidan erkaklar va ayollar alohida navbatda turilishi so‘ralgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Holat yuzasidan Metropoliten xizmati izoh berdi.

“Ushbu ma’lumot hech qanday haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi o‘z lavozim yo‘riqnomasiga amal qilgan holda kassa oldida jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘z faoliyatini olib borganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, yo‘lovchilardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarni o‘zaro tarqatmasliklari so‘ralib, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing