Metro qurilishidagi fojia bo‘yicha tekshiruv xulosalari e’lon qilindi

Jamiyat

image
Yunusoboddagi fojia bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi north_east

Yunusoboddagi fojia bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2019 yilning 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida davom etayotgan qurilish vaqtida yer o‘pirilishi yuz berdi. Avariyada 250 kv kub tuproq ko‘chib tushdi. Hodisa natijasida 6 kishi qurbon bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi xulosasini e’lon qildi. 

Qayd etilishicha, sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan o‘rganildi. Mazkur komissiya tarkibiga Davlat mehnat inspeksiyasi vakili ham biriktirilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, baxtsiz hodisaga xandak qiyalik devorini mustaxkamlash ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog‘ingarchilik suvlari hamda oqava quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo‘lgan.

Maxsus tekshirish komissiyasi jabrlanuvchilarning qaramog‘idagi shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 ta oilaning har biriga 261 million 938 ming 888 so‘mdan, jabrlanuvchi yana bir oilaga 281 million 62 ming 782 so‘m bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik nafaqa pullari belgilandi. 

Shuningdek, marhumlarning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga oyma-oy to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hisob-kitob qilinib, amalga oshirish uchun ish beruvchilarga taqdim etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod metrosi

Baholaganlar

461

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar