Yunusoboddagi fojia bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Kecha, 18 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida yuz bergan avariya bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmat rahbari Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

18 dekabr kuni Toshkent shaxar prokuraturasi tomonidan JKning 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi va 258-moddasi  (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi "a" bandi  bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eslatib o‘tamiz, holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ochilboy Ramatov raisligida Hukumat komissiyasi tuzildi. 

Fojia hududidan 6 kishining jasadi chiqdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

239

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing