Metallurgiya sanoatida eng yuqori ulushga ega viloyatlar ma’lum qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan 55,2 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan mazkur tarmoqning fizik hajm indeksi 103,7 foizni tashkil etdi.

“Metallurgiya sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Navoiy viloyati 56,7 foiz, Toshkent viloyati 36,2 foiz, hamda Toshkent shahri 5,6 foiz hissasiga to‘g‘ri keldi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 859,4 mln. AQSH dollarlik metallurgiya sanoati mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan. Bu respublika umumiy eksport hajmining 6,9 foizini tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

metallurgiya

Baholaganlar

137

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing