Meta 375 mln dollar jarimaga tortildi

Olam

image

Meta platformasi bolalarning ruhiy salomatligiga ataylab zarar yetkazganligi va bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish haqidagi ma’lumotlarni yashirganligi aniqlangandan keyin 375 million dollar jarimaga tortildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi

Ma’lum bo‘lishicha, AQSH sud hay’ati Meta bolalarning zaifliklari va tajribasizligidan nohaq foydalangan holda “vijdonsiz” savdo amaliyotlari bilan shug‘ullanganini aniqlagan.

Hakamlar hay’ati bugun, 24 mart kuni chiqarilgan qarorda Meta platformasi bolalarning ruhiy salomatligiga ataylab zarar yetkazganligi va bolalarni jinsiy ekspluatatsiya qilish haqidagi ma’lumotlarni yashirganligi aniqlangandan so‘ng unga 375 mln dollar miqdorida jarima solgan.

Meta vakili hukmga qo‘shilmasligini va apellyatsiya shikoyati berishini aytgan. 

“Biz platformalarimizda odamlar xavfsizligini ta’minlash uchun astoydil harakat qilamiz va yomon aktyorlarni yoki zararli kontentni aniqlash va olib tashlashdagi qiyinchiliklarni aniq bilamiz. Biz o‘zimizni qat’iy himoya qilishda davom etamiz va o‘smirlarni onlayn himoya qilish borasidagi tajribamizga ishonchimiz komil”, degan kompaniya vakili.

Ushbu sud jarayonining ikkinchi bosqichi may oyida bo‘lib o‘tadi. Unda sudya Meta platformalari “jamoatchilikni bezovta qiluvchi” ekanligi va zararlarni bartaraf etish uchun davlat dasturlari uchun pul to‘lashi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Irlandiya Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti yordamida yaratilgan jinsiy tasvirlar bo‘yicha keng ko‘lamli tekshiruv boshlagani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

jarima Meta AQSh sud hay'ati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing