Messining PSJdan ketish ehtimoli yanada oshdi – manba

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentinalik futbolchi Lionel Messining joriy mavsum oxirida parijliklar safini tark etish ehtimoli yuqori. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi maoshini qisqartirishga rozi bo‘lsagina parijliklar tarkibida qolishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, Messining otasi va PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi shartnomani uzaytirish shartlari bo‘yicha kelishib olishga harakat qilgan, biroq tomonlar bir murosaga kela olmagan.

Messi “Barselona”ga qaytish variantiga qiziqmoqda, biroq ayni paytda Kataloniya klubi argentinalik hujumchi bo‘yicha PSJga rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.

Messi joriy mavsumda PSJ safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Nosir Al-Xelayfi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing