Messining “Oltin to‘p”ni olishi sharmandalik – Delor
Sport
−
02 noyabr 2023
9576Joriy yilning 30 oktyabr kuni Fransiya poytaxti Parijdagi “Shatle” teatrida bo‘lib o‘tgan “Oltin to‘p” topshirish marosimida Messi norvegiyalik Erling Xoland va fransiyalik Kilian Mbappeni ortda qoldirib, faoliyatidagi 8-sovringa ega chiqdi. “Monpele”ning sobiq futbolchisi va hozirda Qatarning “Umm Salal” klubida o‘ynayotgan Andi Delor “RMC Sport”ga bergan intervyusida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Messidan ko‘ra “Oltin to‘p”ga munosib deb hisoblashini aytib o‘tdi.
“Menimcha, bu Messining hayotidagi so‘nggi eng katta hikoya. U mukofotlanishi kerak edi, lekin hamma yaxshi biladi, gollar soni bo‘yicha Xoland Messini ortda qoldirdi va u ko‘proq mukofotga loyiq edi. Men Messini va uning faoliyatini hurmat qilaman, lekin bu voqeani sharmandalik degan bo‘lardim”, deya qayd etgan Delor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya jurnali tomonidan “o‘g‘irlangan” “Oltin to‘plar” ro‘yxati e’lon qilingandi. Ro‘yxatga ko‘ra, Messiga 3 ta “Oltin to‘p”ning berilishi adolatsizlik bo‘lgan.