Messining ketishiga Aguero va Depay sababchi – La liga prezidenti
Sport
−
05 Oktabr 2021
5502Ispaniya La ligasi prezidenti Xaver Tebas “Barselona” hujumchisi Lionel Messininig jamoadan ketishi va “PSJ”dagi faoliyati haqida fikr bildirdi. Uning fikricha Memfis Depay va Serxio Aguero kabi futbolchilar xarid qilinmaganida Messini kataloniyada saqlab qolish mumkin bo‘lardi.
“Biz Joan Laportaning uyida bo‘lganimizda u CVC bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘ldi. Bu bitim jamoaga Messi bilan shartnoma imzolash imkonini berarmidi yoki yo‘qmi, bilmadim, ammo Laporta menga qo‘ng‘iroq qilib, rasmiy shartnomani tezlashtirishimni va Leo asabiylasha boshlaganini aytdi.
Men esa unga kelishuv haqida ma’lum bo‘lishi bilan Florentino Peres uni bekor qilishga urinishini bilardim. Buning ortida aynan Florentino turganiga shubham yo‘q.
“Agar kataloniyaliklar “CVC Capital Partners” bilan shartnoma tuzganida, tushgan mablag‘ning 15 foizini futbolchilar bilan shartnoma tuzish uchun ishlatardi. Menimcha, bu yo‘l Messini saqlab qolish imkonini berar edi. Qolaversa, Laporta Depay va Aguero kabi futbolchilarni sotib olishga qaror qildi. Agar “Barselona” ular bilan shartnoma imzolamaganida, Messi sardorlik bog‘ichini taqib yurgan bo‘lardi”, deydi Tebas.
Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 5 avgustida Kataloniya klubi Messi bilan shartnomani uzaytirmasligini e’lon qildi. 10 avgust kuni esa Messi PSJ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bitim yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.