Messining “Inter Mayami”da rekord darajada daromad ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

36 yoshli Lionel Messining Amerika klubidagi asosiy maoshi yiliga 12 million dollarni tashkil qiladi. Kompensatsiya, asosiy ish haqiga qo‘shimcha ravishda to‘lanadigan bonuslarni inobatga olganda futbolchining daromadi 20,4 million dollargacha yetadi. 

20,4 million dollar ichida Messining Adidas va Apple TV'dan oladigan mablag‘lari hisobga olinmagan. Agar, Messining Adidas va Apple TV'dan oladigan pullari ham hisoblanganda, uning yillik daromadi 50-60 million dollarga yetadi.

“Inter Mayami”ning yana bir futbolchisi MLS'ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari o‘ntaligiga kirdi – bu venesuelalik hujumchi Xosef Martines. U joriy mavsumda taxminan 4,4 million dollar daromad qiladi. Serxio Buskets va Xordi Albaning “Inter Mayami”dan topadigan puli 1,775 million va 1,25 million dollarni tashkil qiladi.

MLS'ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari ro‘yxatida “Ostin”da to‘p surayotgan Sebastyan Driussi ham bor. 27 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda 6 million dollar ishlab topadi. 

MLS'ning eng ko‘p maosh oluvchi 10 o‘yinchisi:

1.Lionel Messi (“Inter Mayami”) – 20,4 million dollar;
2.Lorenzo Insine (“Toronto”) - 15,4 million dollar;
3.Jerdan Shakiri (“Chikago Fayr”) - 8,2 million dollar;
4.Chicharito (“Los-Anjeles Gelaksi”) - 7,4 million dollar;
5.Federiko Bernardeski (“Toronto”) - 6,3 million dollar;
6.Sebastyan Driussi (Ostin) - 6 million dollar;
7.Ektor Errera (“Xyuston Dinamo”) – 5,2 million dollar;
8.Duglas Kosta (“Los-Anjeles Gelaksi”) - 4,5 million dollar;
9.Kristian Benteke (“DS Yunayted”) – 4,4 million dollar;
10.Jozef Martines (“Inter Mayami”) – 4,4 million dollar.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Inter Mayami

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing